Qayroqqum suv ombori

Qayroqqum Suv Ombori

Qayroqqum suv omboriFargʻona vodiysining gʻarbiy qismidagi gidrotexnika inshooti (Tojikiston va Oʻzbekiston hududida). Sirdaryoni toʻsgan Qayroqqum gidrouzeli toʻgʻoni bilan hosil qilingan; 1956—58 yillarda toʻldirilgan. Suv yuzasi maydoni 513 km², foydali hajmi 2,6 mlrd. m³. Uzunligi 60 km, maksimal eni 20 km, oʻrtacha chuq. 8,2 m, maksimal chuq. 30 m. U Sirdaryo oqimini mavsumiy, qisman koʻp yillik tartibga soladi, doimiy sutorish maydoni 475 ming ga dan ortiq. Qayroqqum suv omborio. tarkibiga quvvati 426 MVt boʻlgan GES, toʻgʻon gidrouzeli, umumiy uz. 27 km boʻlgan chap qirgʻoq marza dambalari, suv osti zonasini gorizontal va vertikal drenajlovchi nasos qurilmalari kompleksi kiradi. Suv omboridan suv oʻtkazish imkoniyati 20 m³/s boʻlgan Xoʻjabaqirgʻon (chap qirgʻoq) va Samgʻor (oʻng qirgʻoq) sugʻorish nasos styalari suv oladi.