Qayumarsturkiy va forsiy xalqlar ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan afsonaviy obraz. Q. haqidagi afsonaning turli variantlari qadimiy yozma manbalardan "Avesto", "Tarixi Tabariy" (Tabariy), "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" (Beruniy) va boshqalar asarlarda bor. Q. "Avesto"da Gaya Maretan, Gaya Martan deb yuritilgan. S.P. Tolstovning fikricha, Q. — "Gavomard" soʻzidan kelib chiqib "Buqa odam", maʼnosini anglatgan va u Xorazmda yashagan.

Beruniy Q.ning "Girshoh" (Togʻ shohi) hamda "Gilshoh" (Loyshoh) degan laqablari boʻlganini yozadi va Q. soʻzining tarjimasi "tirik", "soʻzlovchi" ekanini bildiradi. Q. haqidagi afsonaning Beruniy asaridagi bayoniga koʻra, Ahrimanning qilmishlaridan xudo hayratda qoladi va uning peshonasidan ter chiqadi. Terni artib tashlaganda, ter donasidan Q. paydo boʻladi. Xudo Q.ni Ahriman yoniga joʻnatadi. Q. Ahriman yoniga kelib, uning yelkasiga minib oladi va shu holda dunyoni aylana boshlaydi. Ahriman hiyla bilan Q.ni yelkasidan uloqgirib tashlaydi va ustiga minib olib, bosh tomonidan yeya boshlaydi. Beliga yetganida Q urugʻdonidan yerga ikki dona urugʻ tushadi. Ulardan oʻsimlik unib chiqadi. Oʻsha oʻsimliklardan bir qiz va bir oʻgʻil (Meshi va Meshona) paydo boʻladi. Ularni forslar Odamato va Momohavo deb, xorazmliklar Mard va Mardona deb ataydilar. Bu afsonaning boshqa variantlari ham koʻp. Q. haqidagi barcha afsonalarda Q adolat uchun qurashuvchi, kishilarni jamiyat boʻlib yashashga oʻrgatuvchi, hayot va yaxshilik timsoli sifatida namoyon boʻladi, doimo yovuzlikka (devlar va insjinslarga) qarshi kurashadi.

Q obrazi tasviriy sanʼatda ham aks etgan; 1932-yil Tallibarzu (Samarqand yaqini)da Q.ning yarim hoʻkiz, yarim odam shaklidagi tasviri chizilgan sopol buyumlar topilgan.

Adabiyot tahrir

  • Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1980.