Qoʻrgʻontepa — Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani (1976-yildan), tuman markazi. Andijon viloyatining shimoliy-sharqida, Fargʻona va Olay tizmalarining etak qismida joylashgan. Yer yuzasi sharqdan (balandligi 1000 m gacha) gʻarbga (500 m gacha) pasayib boruvchi togʻ oldi qiya tekisligidan va Toshohur, Suzoq adirlaridan iborat. Iqlimi kontinental: yozi issiq, qishi nisbatan sovuq. Oʻrtacha temperatura yanvarda —2° dan —3° gacha, iyulda 26—26,5°. Eng past temperatura qishda —24°, eng yuqori temperatura yozda 41°. Yiliga 250—400 mm yogʻin tushadi, asosiy qismi qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Shahrixonsoy va Andijonsoy oʻrtasida joylashgan. Andijon shahridan 41 km olisda. Qoʻrgʻontepa hududidan respublika ahamiyatidagi avtomagistral yoʻli oʻtgan. Aholisi 28,3 ming kishi (2005). Qoʻrgʻontepada paxta tozalash zavodi, paypoq toʻqish fabrikasi, attorlik fabrikasi filiali, non kombinati, Toshkent instrumental zavodining filiali, avtokorxonalar, MTP. dehqon bozori, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes korxonalari, „El-jihoz“ servis qoʻshma korxonasi bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, 3 kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning shoxobchalari, klub muassasalari, madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi. Xotira maydoni mavjud. Sport majmuasi, stadion va boshqa sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona maj-muasi, poliklinika, lorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Qoʻrgʻontepadan Toshkent, Aldijon shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Qoʻrgʻontepa
shahar
40°44′01″N 72°45′30″E / 40.73361°N 72.75833°E / 40.73361; 72.75833 G OKoordinatalari: 40°44′01″N 72°45′30″E / 40.73361°N 72.75833°E / 40.73361; 72.75833 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Andijon viloyati
tuman Qoʻrgʻontepa tumani
Aholisi
19 565
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 170700[1]
Qoʻrgʻontepa xaritada
Qoʻrgʻontepa
Qoʻrgʻontepa

Qoʻrgʻontepa hududidan Qoradaryo va uning tarmoqlari Shahrixonsoy va Qoragʻunon arigʻi, jan. chegarasidan Savay kanali oqib oʻtadi. Tuproqlari oʻtloqi, oʻtloqi boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra va b., asosan, adirlarda va haydalmagan yerlarda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan adirlarda boʻri, tulki, jayra, shuningdek, turli xil sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suvlarida baliqlar bor.

Aholisi tahrir

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 334 kishi. Shahar aholisi 57,5 ming kishini tashkil qiladi.

Xoʻjaligi tahrir

Qoʻrgʻontepa shahrida paxta tozalash zavodi, gʻisht zavodlari, don mahsulotlari, „SAMO“ aksiyadorlik jamiyati, „AnNur“ masʼuliyati cheklangan jamiyat, non kombinati, mahalliy sanoat gazlama, attorlik buyumlari, tikuvchilik, paypoq toʻqish fabrikalari, toʻqimachilik korxonalari, avtokorxona, MTP, qurilish tashkilotlari, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, „El-jihoz“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi[2].

Manbalar tahrir

  1. „Pochta indekslari - Andijon filiali“ (Uzbek). pochta.uz. 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-may 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2013-11-04 sanasida arxivlangan)
  2. 'Qo'rg'ontepa tumani'[1]