Qoʻshma korxona (odatda QK deb qisqartiriladi) ikki yoki undan koʻp taraflar tomonidan tuzilgan iqtisodiy tashkilotdir.

Qoʻshma korxona - boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Qoʻshma korxona oʻzaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika vazifalarini yechishga qaratiladi. Taʼsischilarning oʻz mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga Qoʻshma korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qoʻshma korxona sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, savdo. fan va milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida tashkil etilishi mumkin. Qoʻshma korxona, asosan, chet el texnikasi, texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi, oʻz mustaqil balansiga ega boʻladi, toʻliq xoʻjalik hisobi asosida faoliyat olib boradi. Qoʻshma korxonaning chet ellik taʼsischisi daromad hissasini oʻz mamlakatiga olib chiqib ketish (oʻtka-zish) huquqiga ega boʻladi.

Oʻzbekistonda, asosan, mustaqillikdan keyin Koreya Respublikasi, AQSH, Xitoy, Italiya, Turkiya, pokiston, Germaniya, Rossiya, Ukrai-na, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlar kompaniyalari va fir-malari bilan hamkorlikda Qoʻshma korxonalar ishga tushirildi. Avtomobilsozlikda "Oʻz DEUavto" Oʻzbekistonkoreya (qarang Asaka avtomobil zavodi), "SamKoch-avto" OʻzbekistonTurkiya, oltin sanoatida "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston-Amerika, "OʻzBAT" Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya (qarang "British Ame-riken Tobakko"), "Sovplastital" Oʻzbekiston-Italiya, telekamunikatsiya korxonalari va boshqa juda koʻp Qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda.

2002-yilda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksporti hajmi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy eksport hajmining 19,8% ni(443,0 mln. AQSH dollari) va import respublika umumiy importi hajmining 26% ni (704,8 mln. AQSH dollari) tashkil etdi. Oʻzbekistonda 2004-yil 1 yanvar holatiga koʻra chet el investitsiyalari ishtirokidagi 3539 korxona roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 62,4% faoliyat yuritdi.

Dildora Saidova.