Qodirjon Haydarov (1899, Qoʻqon — 1983.15.12) — yogʻoch oʻymakori, Qoʻqon yogʻoch oʻymakorlik maktabining yirik vakili, ustazoda. Oʻzbekiston xalqrassomi (1963). Oʻymakor usta Hai-dar Najmiddinovning oʻgʻli. Hunarni otasi bilan birga ishlab oʻrgangan. Otasi bilan Qoʻqon hunarmandlik maktabida dars bergan (1919—20-yillar), 1923-yilda Moskvadagi xalq xoʻjaligi koʻrgazmasida ishladi; 1925—29 yillarda Qoʻqondagi Narimonov nomidagi instituternatda, 1929—31 yillarda Qoʻqon shahridagi yosh duradgorlar toʻgaraklariga boshchilik qildi. 1931—33 yillarda rab-fakda oʻqidi. "Yangi maʼdan" artelida usta (1936—54), Qoʻqon muzeyida taʼmirlovchi usta (1954—57). H. ustun, kursi, stol, xontaxta, quti, eshik, panjara, karavot va boshqa buyumlarni jo-zibador bezab shuhrat qozondi. 1958-yildan Toshkentdagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi va Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Markaziy koʻrgazmalar zali eshiklari, Toshkent sirki binosi uchun namoyonlar va boshqa koʻpgina oʻymakori asarlar yaratdi, anʼanaviy naqsh mujas-samotlarini yangi ohanglar bilan boyitdi. H.ning Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabining milliy anʼanalarini saqlab qolish va uni rivojlantirishda xizmatlari katta; koʻplab shogirdlar (X. Umarov, S. Ergashev, U. Umarov, A. Abdullayev va boshqalar) tayyorlagan.

H. asarlaridan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Qoʻqon tasviriy va amaliy sanʼat kollejiga H. nomi berilgan.

Adabiyot tahrir

  • Toqtosh R., Us t a Qodirjon Haydarov. T., 2003.