Qoramoy - Xitoyning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar, Sintszyan-Uygʻur muxtor rayonida. Aholisi 174 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Jungʻariya neft qazib olinadigan rayoni markazi. Neftni qayta ishlash zavodlari bor.