Ayoz Bobo bilan adashtirmang.

Qorbobo qordan yasaladigan odamsimon haykaldir. Odatda bolalar, baʼzan voyaga yetganlar tomonidan yasaladi. Tipik qorbobo har xil hajmli uchta qor toʻpidan yasaladi. Bunda eng katta toʻp pastki qism, oʻrtacha toʻp - oʻrta qism, eng kichik toʻp esa qorbobo boshi hisoblanadi va shunga moʻljallab taxlanadi. Qoʻllari daraxt shoxlari yoki kichkina qor toʻplaridan, oyoqlari ham shunday toʻplardan yasaladi (lekin qorbobo uchun oyoq zaruriy unsur emas). Koʻzlari va ogʻzi oʻrniga mayda toshlar, burun oʻrniga sabzi qoʻyish urf boʻlgan. Baʼzan qalpoq sifatida chelak kiygiziladi.

Qorbobo.
Qorbobo, video
Qorbobo – Germaniya

Qiziqarli haqiqatlar tahrir

Dunyodagi eng katta qorbobo 1999 yili fevralda Maine shtatining Bethel shahrida (AQSh) yasalgan boʻlib, boʻyi 113 fut-u 7 dyuym (34.62 metr) edi.[1]

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. World's Tallest Snowman, 2007-10-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-12-06

Havolalar tahrir

 
yoshlar oromgohida yasalgan qorbobo 2024-yil