Qosimovlar podsholigi - Moskva buyuk knyazi Vasiliy II tomonidan tatar xonlari uchun ajratilgan hududda tuzilgan kichik podsholik (14451681). Qosimovlar podsholigi Oka daryosi boʻylab (hozirgi Ryazan viloyatining shim.-sharqiy qismida) tatarlar, misharlar, mordvalar, qis-man ruslar yashaydigan hududni egal-lagan. Dastlabki podsho Qozon xoni Ulugʻ Muhammadning oʻgʻli Qosimxon boʻlgan (taxminan 144556). Markazi — Qosimov shahri Podsholik va shaharning nomi ham uning asoschisi Qosimxon ismidan olingan. Xonlik aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. Xonlik siyosiy hayotida mangʻit, argʻin, jaloyir, qipchoq kabi turkiy urugʻlar yetakchi rol oʻynagan.

Qosimovlar podsholigi xonlari Moskva tomonida turib Qozon xonligiga qarshi harbiy kurashlarda qatnashgan (146769, 1487, 1552). Mas, aka-uka xonlar Shoh Ali (1516—67) va Jon Ali Qozon xonligini 151921, 153236, 1546,1551 yillarda boshqarishgan. Shoh Ali Livoniya urushida rus armiyasiga qoʻmondonlik qilgan (1557— 58). Qozon xonligi Rus tomonidan bosib olingach (1552), Qosimovlar podsholigi xonlarining nufuzi ancha pasaygan. Biroq xonlar 16-asr oxiri va 17-asrda ham rus diplomatlari uchun Usmonli turk sultonlari va boshqa islom davlatlari oldida "musulmon hukmdorlari" sifatida bir dastak vazifasini oʻtagan. Said Burhon (hukmronlik davri: 162779) davrida xonlik aholisini majburan xristian diniga kiritish boshlanganligi uchun tatarlar qoʻzgʻolon koʻtarishgan (1656). Soʻnggi xon Fotima Sulton Begim vafot etgach (1681), Qosimovlar podsholigi oʻz faoliyatini tugatgan va u Moskva davlatiga qoʻshib yuborilgan.

Ad:. Sharifullina F., Kasimovskiye tatarm, Kazan, 1991.