Qozon davlat tibbiyot universiteti

Qozon davlat tibbiyot universiteti—Qozon shahridagi davlat oliy tibbiy oʻquv yurti.

Qozon davlat tibbiyot universiteti
[[Fayl:|200px|alt=|]]
Shiori Omnium profecto artium medicina nobilissima
Asos solingan 1814-yil
Oʻquv yurti turi universitet
Prezident tibbiyot
Rektori Aleksey Sozinov
Talabalari 4,000 ta
Kampusi zamonaviy
Manzili 420012, Rossiya, Тatariston, Qozon sh, Butlerova ko'chasi, 49 Qozon, Rossiya
Vebsayti kgmu.kcn.ru

Koordinatalari: 55°47′25.00800000001″N 49°8′33.432000000003″E / 55.7902800000000028°N 49.14262000000000086°E / 55.7902800000000028; 49.14262000000000086 G O

Universitetning tashkil etilgan sanasi 1814-yil 14-maydir. Shu kuni Imperator Qozon universiteti tibbiy boʻlimi kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. RSFSR SNK-ning 1930-yil 5-noyabrdagi 132-sonli qaroriga binoan oʻquv muassasasi mustaqil muassasa maqomini oldi[1].

Tarixi tahrir

1804-yil 18-noyabrda Qozon universiteti imperator Aleksandr I tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unga tibbiyot fanlari kafedrasi kiritilgan. Tibbiyot fanlari fakultetining ochilishi 1814-yil 15-mayda boʻlib oʻtdi.

1837-yilda Anatomik Teatr (kech klassizmning durdona asari) va universitet klinikasi (1840) qurilishi yakunlandi. Universitetning birinchi professorlari K.F.Fuchs, F.X.Erdman, I.O.Braun, N.A.Skandovskiy, E.F. Aristov boʻlgan.

1893-yilda Nevrologik byulleten, 1901-yilda Qozon tibbiy jurnali nashr etila boshlandi.

1994-yil 24-aprel kuni universitet maqomini oldi.

Qozon tibbiyot maktabi bitiruvchilari orasida 30 dan ortiq akademiklar va Rossiya Fanlar akademiyasi va Tibbiyot fanlari akademiyasining tegishli aʼzolari bor.

Fakutetlar tahrir

Nomi Asos solingan yili
Davolash 1814
Profilaktika 1930
Pediatriya 1932
Tish shifokorilik 1954
Farmasevtika 1975
Ijtimoiy ish va oliy hamshiralik taʼlimi 1991; 1994
Mediko-Biologiya 2011

Manbalar tahrir

  1. „Университет“. Официальный сайт Казанского государственного медицинского университета. 2012-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr. (WebCite saytida 2012-10-17 sanasida arxivlangan)

Havolalar tahrir