Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi.

Bino qurilishi. Melburn, Avstraliya.

Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obyektlar Qurilish mahsu-lotlari hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli obhavo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xoʻjalik usulidagi Qurilishni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital taʼmirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va raz-vedkaparmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan obyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Qurilishlarga boʻlinadi.

Qurilish Oʻzbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmogʻiga koʻra Qurilish sanoat va qishloq xoʻjaligidan keyin 3-oʻrinda turadi. 2003-yilda yalpi ichki mahsu-lotning 4,5% (2000-yilda 6,1%), xalq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 4,8% (11,9 ming) Qurilish hissasiga toʻgʻri keladi.

Qurilish xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga xizmat koʻrsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni taʼminlaydi, xalq xoʻjaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini oʻzlashtirish, boʻsh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarish ga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Qurilish ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xoʻjalik usullarida olib boriladi.

Qurilish industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qoʻshma va boshqa pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, oʻz moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega boʻlgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xoʻjaliklar tashkil etadi. Oʻzbekistonda qurilishmontaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aksiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qoʻshma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilishmontaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.

Turar-joy qurilishi.

2003-yilda respublikaning asosiy kapitalini koʻpaytirishga 1867,4 mlrd. soʻm miqdorida investitsiyalar kiritildi. Bu mablagʻning 1236,1 mlrd. soʻmi (65,1%) ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, takomillashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirildi. Barcha mulkchilik shakllaridagi Qurilish tashkilotlari tomonidan jami 808,1 mlrd.soʻmlik Qurilish ishlari amalga oshirildi (shundan 717,4 mlrd. soʻmi yoki 88,8% nodavlat mulkchilik shaklidagi Qurilish tashkilotlari hissasiga toʻgʻri keladi).

Qurilish ishlari umumiy hajmidan 76,9% yangi qurilishlar, faoliyat koʻrsata-yotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, 23,1% kapital, joriy taʼmirlash ishlariga toʻgʻri keladi. Oʻrta va kichik biznesga mansub qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan Qurilish ishlari hajmi 350,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi (respublika boʻyicha bajarilgan qurilish ishlari umumiy haj-mining 43,4%).

Respublikaning turli mulkchilik shakllaridagi qurilish tashkilotlari va korxonalari ixtisoslashtirilgan korporatsiya, kompaniya, aksiyadorlik birlashmalariga uyushgan. Qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sano-ati tashkil etadi (qarang Kurshshsh materi-allari sanoati).

Qurilishlar quyidagi turlarga ajratiladi: