Quzgʻunqargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Yevropa, Osiyo (janubi-sharqiy qismidan boshqa joylarida), Shimoliy va Markaziy Amerika, Shimoliy Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonning hamma joylarida uchraydi. Tanasi 60—65 sm. Qora, koʻk yoki yashil tusda metalldek yaltiraydi. Tomogʻidagi parlar uzunroq. Oʻtroq yoki koʻchib yurib yashaydi. Daraxt, qoya, baland inshootlar va boshqalarga uya yasaydi. Bir uyadan bir necha yil foydalanadi. 5—6 ta tuxum qoʻyib, 19—21 kun bosadi. Hammaxoʻr.

Corvus corax principalis