Rahima Hodievna Aminova (1925.18.11, Qoʻqon) sharqshunos-tarixchi olima, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1963), professor (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1985), Beruniy nomidagi Davlat mukofoti (1968) laureati.

Rahima Aminova
Tavalludi 18-noyabr 1925-yil
Qoʻqon, Fargʻona viloyati, Oʻz SSR
Vafoti 2001[1]
Fuqaroligi Oʻz SSR -> Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Akademik rahbarlari I.K.Dodonov, K.E.Jitov, I.M.Moʻminov[2]

Biografiyasi tahrir

1925-yil 18-noyabrda Qoʻqon shahrida tugʻilgan.

Ilmiy faoliyati tahrir

1944-yili Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi ToshMU) sharq fakultetini bitirgan (1948)[2]. 1949-1952 yillarda Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti aspiranturasida tahsil koʻradi. Bu davrda u akademiklar I.K.Dodonov, K.E.Jitov, I.M.Moʻminov kabi taniqli tarixshunos olimlardam taʼlim oladi.

Mehnat faoliyati tahrir

Rahima Aminova Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida ilmiy xodim (1953– 57), boʻlim mudiri (1957—1993), yetakchi ilmiy xodimi (1993 ydan). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda sanoat ishchilari tarixi, agrar masala, xotin-qizlar harakati va boshqa mavzularga bagʻishlangan. Oʻzbekiston xotin-qizlari orasida jamoat ishlari olib borgan.

Ilmiy konfrensiyalar tahrir

Rahima Aminova 13-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Moskva, 1970), 14-Xalqaro tarix fanlari kongressida (San-Fransisko, 1975), 9-Jahon sotsiologlari kongressida (Up-sala shahri, Shvesiya 1978), 10-Jahon sotsiologlari kongressida (Mexiko, 1982), 16-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Shtutgard shahri, 1985), AQShda boʻlib oʻtgan Xalqaro tarixchilar ilmiy konfe-rensiyasida (1986), shuningdek Efiopiya, Jazoir, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda oʻtkazilgan xalqaro simpozium va konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar qilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Рахима Аминова (1925 - 2001)“. http://rizoakhmad.blogspot.com/. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 Abdusamatov, Malik. O'zbekiston Sharqshunoslari. Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1996 — 29-30 bet. 

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil