Rais (arab. — rahbar, sardor) — 1) Oʻrta Osiyo xonliklarida shariat qonunqoidalari, diniy marosimlar, urfodatlar, roʻza tutish, namoz oʻqish, xayru ehson ishlarining oʻz vaqgida aniq bajarilishini nazorat qiluvchi, otaonalarning bolalarini maktabga yuborishlarini, savdo axlining haridorlar haqiga xiyonat qilmasligi uchun tarozi va toshlarning toʻgʻri boʻlishini tekshirib turuvchi mansabdor. R., shuningdek, shahar orastaligi va xavfsizligi uchun ham masʼul hisoblangan. Har bir yirik qishloq va shaharning oʻz R.i boʻlib, qozikalon tavsiyasiga binoan xukmdor tomonidan tayinlangan. Xorazmshoxlar saltanatida boshqa oʻrta asr sulolalaridan farqli oʻlaroq butun mamlakat R.i lavozimi mavjud boʻlgan; 2) muayyan saylov organlari va tashkilotlar rahbari (Mas, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi va h.k.); 3) anjuman, majlis yoki yigʻinga rahbarlik qiluvchi shaxs. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil