Rasul Xidralievich Kusherbayev (tugʻ. 1987-yil 12-yanvar, Yangiyoʻl tumani, Toshkent viloyati, oʻzbek SSR, SSSR) – kelib chiqishi qozoq boʻlgan oʻzbek siyosatchisi, muharrir va jurnalist. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sobiq deputati.

Rasul Kusherbayev
qozoqcha: Расул Қыдыралиұлы Көшербаев
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Mansab davri
2020-yil – 2022-yil
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Senat raisi Tanzila Norboyeva
 Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligida vazir maslahatchisi
Mansab davri
2023
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Aziz Abduhakimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-yanvar 1987-yil (1987-01-12) (37 yosh)
Yangiyoʻl tumani, Toshkent viloyati, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Qozoq
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Onasi Kusherbayeva Gulchexra Turanboyevna
Otasi Kusherbayev Xidirali Qaldibayevich
Istiqomat joy(lar)i Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani
Kasbi xalqaro jurnalist, muharrir, siyosatchi, yurist
Dini Islom
Ilmiy unvoni Magistr
Maʼlumoti Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti
Mukofotlari „Oʻzbekiston Belgisi“ koʻkrak nishoni. Oʻzbekistonda yil odami „Yil tanlovi-2020“
Vebsayti https://t.me/r_kusherbayev

Biografiyasi tahrir

1987-yil 12-yanvarda Yangiyoʻl tumani Kushyagoch qishlogʻida qozoq oilasida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini xalqaro jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. U oʻz faoliyatini 2007-yilda Liberal-demokratik partiyaning Toshkent viloyati maʼmuriyatining yoshlar bilan ishlash boʻlimi mudiri sifatida boshlagan.

2012-yildan 2014-yilgacha „Yangiyul“ (Yangi yoʻl) deb nomlangan gazetaning bosh muharriri boʻlib ishlagan. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

2014-yildan buyon Oʻzbekiston parlamentining quyi palatasi aʼzosi. 2020-yilgacha Innovatsiya, axborot siyosati va AKTni rivojlantirish qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan[1]. 2020-yil yanvar oyidan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi.

Ochiqlikni, soʻz erkinligini, sudlarning mustaqilligini, xususiy mulk daxlsizligini va boshqalarni taʼminlash boʻyicha faol tarafdo. Shuningdek, liberallashtirish va mamlakatdagi ommaviy axborot vositalari faoliyatiga bozor mexanizmlarini joriy etish tarafdori.

Soʻnggi yillarda u ommaviy axborot vositalarida universitetlarda talabalar bilan oʻqish uchun shartnomalarni qisqartirish[2], jismoniy shaxslar uchun monopoliyani bekor qilish, aholining oʻrta va quyi qatlamlarini arzon uy-joy bilan taʼminlash, sudlarning mustaqilligi va boshqalar ustida ish olib bormoqda.

2022-yil 23-dekabrda Rasul Kusherbayev deputatlik vakolatini tugatishini maʼlum qildi[3] va 26-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning vakolatini muddatidan oldin tugatish masalasini koʻrib chiqdi. Komissiya aʼzolari bir ovozdan uning vakolatini tugatishni qoʻllab-quvvatladilar[4].

2023-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligida vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi[5].

2023-yil 31-iyulda Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzoligidan chiqdi[6].

Siyosiy qarashlari tahrir

2023-yilning 21-dekabr sanasida Rasul Kusherbayev oʻzining ijtimoiy sahifalarida tashqi ishlar vazirligini Rossiyaga norozilik bildirishga chaqirgan. Bunga asosiy sabab rossiyalik siyosatchi, yozuvchi Zaxar Prilepinning Oʻzbekistonni bosib olish haqidagi aytgan gaplaridan[7] soʻng

Janob Prilepin va O‘zbekistonni bosib olmoqchi bo‘layotgan boshqalarga birinchidan, o‘z tilida „poshyol na x...“

deya oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida munosabat bildirgan[8][9].

Manbalar tahrir

  1. Vedomosti palat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan, 2015 g., № 2, st. 71, 2018-09-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-26 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 57 (yordam)
  2. „Депутаты предложили несколько способов снижения стоимости обучения“. АН Podrobno.uz (2018-yil 12-iyul).
  3. „Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlamoqda“ (o'zbekcha) (12:52 / 23.12.2022).
  4. „Deputat Rasul Kusherbayevning vakolati rasman tugatildi“ (o'zbekcha) (11:07 / 26.12.2022).
  5. „Rasul Kusherbayev vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi“ (19:34 / 01.02.2023).
  6. "Deputatlikdan ketgan Kusherbaev OʻzLiDeP aʼzolari safidan ham chiqdi | UzReport.news" https://uzreport.news/society/deputatlikdan-ketgan-kusherbaev-uzlidep-azolari-safidan-am-chi-di
  7. „Rossiyalik amaldor O‘zbekistonni Rossiya tarkibiga qo‘shib olishni taklif qildi“ (2023-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 21-dekabr.
  8. „Советник Министра экологии Расул Кушербаев «послал на три буквы» захара прилепина за высказывания в адрес Узбекистана“. Qaraldi: 2023-yil 21-dekabr.
  9. „Ўзбекистонни босиб олиш масаласида...“. Qaraldi: 2023-yil 21-dekabr.

Havolalar tahrir