Raul Albiol Tortaxada (ispancha: Raúl Albiol Tortajada; 4-sentabr 1985) — ispaniyalik futbolchi, Ispaniya milliy terma jamoasi va Real Madrid himoyachisi.

Raul Albiol
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Raúl Albiol Tortajada
Tavallud sanasi 4-sentyabr 1985-yil (1985-09-04) (38 yosh)
Tavallud joyi ValensiyaIspaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 190 sm
Ampluasi himoyachi
Laqabi El Chori
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Raul Albiol Napoli
Raqami 33
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—1996
1996-1997
1997—2003
Ribarroja
Vilamarxant
Valensiya
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2005
2005—2009
2009 — 2013
2013 - hz.
Xetafe
Valensiya
Real Madrid
Napoli
(19 (1)
135 (5)
81 (2)
0 (0))
Milliy terma jamoa
2004 Ispaniya (27 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Albiol 9 yoshida sobiq futbolchi otasining saʼy-harakatlari evaziga „Bendirom“ jamoasi oʻyinchisi boʻldi. Valensiya bilan kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida u oʻzini juda yaxshi koʻrsatdi va valensiyalik murabbiy otasiga oʻzining jamoasini taklif etdi.

2005-yilda u „Xetafe“ jamoasida ijara asosida toʻp surdi. „Xetafe“dagi faoliyati davomida Raul oʻzi uchun kerak boʻlgan tajribalarni toʻpladi, yuqori oʻyinlar koʻrsata boshladi va oqibatda Valensiya jamoasiga oʻtib, asosiy tarkibdan joy oldi va Ispaniya terma jamoasi tarkibiga ham kiritila boshlandi.

2009-yilning 25-iyun kunida Raul Albiol 15 mln. yevro evaziga madridning „Real“ superklubiga qoʻshilgan holda klub prezidenti Florentino Perezning proyektining qatnashuvchilaridan biri boʻldi[1]. 2-iyul kuni u rasman klub stadionida tanishtirildi va 18 raqamli maykani egasi boʻldi.
Albiol „Qirollik klubi“ uchun 8-dekabrda Chempionlar ligasi musobaqasi doirasida Marselga kechgan uchrashuvda debyut golini kiritdi.
2012-yil 7-avgustda Albiol va Real Madrid oʻrtasida tuzilgan shartnoma muddati 2017-yilgacha choʻzildi[2]. 2013-yil 21-iyulda Italiyaning Napoli jamoasiga o'tdi. Transfer narxi 12 mln. yevroni tashkil etdi. Raul Rafael Benitez murabbiyligi ostidagi jamoa bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.[3]

Statistika tahrir

2012-yil 13-may holatiga.

Jamoa Mavsum Liga Kubok Yevrokubok Jami
TU G TU G TU G TU G
Valensiya B 2003-04 35 2 1 0 - 36 2
Jami: 35 2 1 0 0 0 36 2
Xetafe 2004-05 17 1 1 0 0 0 17 1
Jami: 17 1 1 0 0 0 17 1
Valensiya 2005-06 29 1 0 0 0 0 29 1
2006-07 36 1 2 1 12 1 50 3
2007-08 32 1 3 0 7 0 42 1
2008-09 34 2 2 0 6 0 42 2
Jami: 131 5 7 1 25 1 180 7
Real Madrid 2009-10 33 0 2 0 8 1 43 1
2010-11 20 0 6 0 6 0 32 0
2011-12 10 0 2 0 5 0 17 0
Jami 63 0 10 0 19 1 92 1
Faoliyatida jami: 246 8 18 1 44 2 308 11

Erishgan natijalari tahrir

Shaxsiy hayoti tahrir

Uylangan, ikki qizi bor — Asaaru (16.03.2009) va Almu (7.01.2010).

Qiziqarli faktlar tahrir

  • Albiolning sevimli oʻyinchisi oʻzining sobiq jamoadoshi Karlos Marchena hisoblanadi. Raul Karlosdan koʻp narsa oʻrganganligini va kelajakda uningdek yorqin faoliyat olib borishini xohlashini taʼkidlagan.
  • Raulning katta akasi — Migel Albiol — u ham professional futbolchi, hozirgi vaqtda „Real Mursiya“ning yarimhimoyachisi hisoblanadi.
  • 2004-yil 2-avgust kuni Valensiya-Madrid trassasining Kuenka shahri yaqin joyida avtohalokatga uchradi. 17 kun reanimatsiya xonasida yotishga majbur boʻldi. Bir necha jarrohlikni boshidan kechirdi. Vrachlar qoratalogʻini olib tashlashga majbur boʻldilar[4].

Izohlar tahrir

  1. Madrid sign Raul Albiol and step up Karim Benzema chase[sayt ishlamaydi]; The Daily Telegraph, 25-iyun 2009
  2. Official Announcement; realmadrid.com, 6-avgust 2012
  3. „Il Napoli ufficializza l'acquisto di Raul Albiol“ (Italian). Napoli's official website (21-iyul 2013-yil). 2013-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2013-yil.
  4. Raul Albiol — vsya nasha jizn igra — Real-Madrid.ru .:. Sayt bolelщikov „Reala“ Madrid .:. Real Madrid .:. Analitika Novosti Stati Statistika

Havolalar tahrir