Razdan Stadioni - Armaniston poytaxti Yerevanda joylashgan koʻp maqsadli stadion. Armanistonning eng yirik va ikki yarusli stadioni hisoblanadi. Stadion 1971-yilda qurib bitkazilgan. Sigʻimi 53.800 tomoshabinni sigʻdira oladi. «Razdan Stadioni»da «Ararat Yerevan» va «Uliss Yerevan» futbol klublari oʻz uy oʻyinlarini oʻtkazishadi.

Toʻliq nomi «Razdan Stadioni»
Joylashuvi Armaniston, Yerevan
Qurilish yillari 1970-1971
Ochilgan sanasi 1971-yilning 19-may kuni
Rekonstruksiya qilingan yillar 2008, 2012
Arxitektor K.Akopyan va G.Musaelyan
Egasi Razdan Ijara Idorasi
Sigʻimi 53.800
Uy jamoalari Ararat, Uliss
Maydon oʻlchami 105x68m