Reflekslar — organizmning markaziy nerv sistemasi orqali ichki yoki tashqi muhit omillari taʼsiridan retseptorlar qoʻzgʻalishiga javob reaksiyasi. R.ning tuzilish mexanizmi reflektor yoydan iborat. Bunda retseptorlar taʼsirotni qabul qilib, sezuvchi (afferent) nervlarga, ular miya markaziga, markaziy nerv sistemasi qoʻzgʻalishi miyadan harakat organlariga uzatuvchi (efferent) nervlarga, ulardan effektorlar — muskullar, bezlar hamda ichki aʼzolarga oʻtkazadi. R. aʼzolar ishini va ularning oʻzaro taʼsirini tartibga keltirishda (qarang Gomeostaz), organizm bir butunligini sak,lash hamda yashash sharoitiga moslanishda katta ahamiyatga ega.

R. haqidagi dastlabki tasavvurlarni fransuz filosofi va tabiatshunosi R. Dekart ilgari surgan. 18-asrda R. va reflektor apparat toʻgʻrisidagi taʼlimotga shveysariyalik A. Galler, chex Y. Proxaska, shotland Ch. Bell, fransuz F. Majandi va boshqa oʻz hissasini qoʻshdi. 19-asrning 2-yarmiga kelib, reflektor (avtomatik, ixtiyorsiz), shuningdek, ixtiyoriy harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻplandi. I. M. Sechenov oʻz asarlarida "hayotdagi barcha ongli va ongsiz aktlar butun mohiyati bilan R.dir" degan edi. Bu tushunchani I. P. Pavlov oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimotda rivojlantirdi. I. P. Pavlov barcha R.ning kelib chiqishi, mexanizmi va biologik ahamiyatini hisobga olib, tugʻma R.ni shartsiz reflekslar va hayot davomida orttirilgan R.ni shartli reflekslarta ajratdi.

R. turiga qarab, millisekunddan bir necha sekundgacha davom etadi. Qoʻzgʻalish reflektor yoyda faqat bir yoʻnalishda — afferent neyrondan efferentga tomon oʻtkaziladi. Bu xususiyat neyronlararo qoʻzgʻalishni uzatish paytida ajralib, sinaptik tutashishni vujudga keltiruvchi kimyoviy moddalar (mediatorlar)ta bogʻliq. R. aloxidaalohida kechmasdan, maʼlum funksional hamda biologik ahamiyatga ega boʻlgan murakkab reflektor aktlarga birlashadi (Mas, ogʻriqni sezish natijasida hosil boʻladigan reflektor R. da bir muskul qisqarsa, ikkinchisi boʻshashadi, nafas hamda yurak faoliyati oʻzgaradi va h.k.). Ichki aʼzolar kasalliklari natijasida patologik R. roʻy berishi mumkin. Mas, oʻpka arteriyasi ichki pardasining maʼlum kiyem iga yot tana taʼsirida yurak ishi toʻxtaydi (shartsiz patologik R.), obhavo yomon paytda toqqa koʻtarilayotganda yurak toj tomirlarida spazm roʻy beradi, xuddi shu holat obhavo yaxshi vaqtda ham xuddi oʻsha joyda takrorlanishi mumkin (shartli patologik R.). Shartli patologik R. takror taʼsirot bilan mustahkamlanmasada, uzoq vaqtgacha saqlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil