Reper (frans. gerege — belgi, nishon, dastlabki nuqta) — 1) (geodeziyada) — asosiy sathiy yuzaga nisbatan nivelirlash orqali balandligi anik,langan nuqtani mahkamlash belgisi.

R.ning fundamental va oddiy xillari bor. Fundamental R. 1 darajali nivelir yoʻllarida har 50—80 km oraliqda, 2darajali yoʻlning muhim joylarida va dengiz hamda okeanlar suvi sathini oʻlchash joylarida, gruntlar qatlamiga tik oʻrnatilgan temirbeton ustunlar bilan mahkamlab qoʻyiladi. Oddiy R. (devoriy R.) barcha nivelir yoʻllarida har 5 — 7 km da gruntlar qatlamiga, mustahkam bino yoki inshootlar devoriga oʻrnatiladi. R. balandligining uzoq muddatga oʻzgarmay saqlanishini taʼminlashda ularning asosi, gruntining mavsumiy muzlash chuqurligini hisobga olgan holda oʻrnatiladi. Oʻzbekiston hududida R. balandligi Kronshtadt futshtogi (koʻpriktoʻsinida maxkamlab qoʻiylgan mis plastinkaga tushirilgan gorizontal shtrix)ga nisbatan hisoblanadi va maxsus "Balandliklar roʻyxati"ga yozib qoʻyiladi.

Mamlakat hududida oʻrnatilgan fundamental va oddiy R. jami davlat nivelir tarmogʻini tashkil qiladi. Davlat nivelir tarmogʻining R.lari topografik sʼyomkalarni bajarishda, qurilishda va turli tadqiqot ishlarida yer nuqtalarining balandligini aniqlashda boshlangʻich nuqta (tayanch) boʻlib xizmat qiladi. 2)artilleriyada — moʻljalga olinadigan nishonga toʻgʻrilashda foydalaniladigan qoʻshimcha nuqta. Bevosita nishonni moʻljalga olishning imkoni boʻlmagan yoki noqulay boʻlgan hollarda R.dan foydalaniladi; 3)matematikada — maʼlum tartibda olingan va umumiy bosh nuqtadan chiquvchi hamda bir tekislikda yotmaydigan chizikli bogʻlanmagan vektorlar. Ularning soni fazo oʻlchoviga teng boʻlishi kerak. Chiziqli algebra R. bazis deb yuritiladi. Differensial geometriyada fazoviy egri chiziqning har bir nuqtasi bilan bogʻlangan qoʻzgʻaluvchan R. muhim. Bu egri chiziqning qaralayotgan nuqtasidagi urinmasi, bosh normali va binormali boʻyicha yoʻnalgan birlik vektorlaridan iborat. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil