Revo Markovich Petrov (1943.21.3, Oltoy viloyati) — harbiy dirijyor, kompozitor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). 1951—53 yillar Mudofaa vazirligining alohida namunali koʻrgazmali harbiy orkestrida xizmat qilgan (Moskva). Moskva harbiy dirijyorlar tayyorlash institutida taʼlim olgan (1953—1957). Germaniyadagi Sovet qoʻshinlari orkestrida (1957—62), Turkiston harbiy okrugining turli harbiy orkestrlari (1963—1976)da harbiy dirijyor. 1976—1987-yillar Turkiston harbiy okrugi orkestr xizmati boshligʻi. 1987-yildan Hamza nomidagi Respublika musiqa kollejida oʻqituvchi, orkestr cholgʻulari kafedrasi mudiri. Puflama sozlar orkestri uchun "Es-trada miniatyurasi", "Navroʻz", "Salom", "Toshkent" marshlari, "Inter-metsso" kabi asarlar yaratgan, qator kuylarni orkestrga moslashtirgan. "Damli cholgʻular orkestri jamoasi uchun darslik" muallifi (2004).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil