Reyn slanetsli togʻlari — Reyn daryosi oʻrta oqimining har ikki sohilida joylashgan togʻlar, asosan, Germaniya hududida. Shimoliy dan janubga 150 km, gʻarbdan sharqqa 400 km ga choʻzilgan. Oʻrtacha bal. 500–600 m, eng baland joyi 880 m (GroserFeldberg choʻqqisi). Yassi platolar bor. Slanets va kvarsitlardan, shuningdek, qumtosh va oxdktoshlardan tuzilgan. Kad. vulkan natijasida hosil boʻlgan relyef shakllari saqlangan. Reyn, Mozel, Lan daryolari vodiylari bilan parchalangan. Reyn slanetsli togʻlarit.ning shim. qismidagi togʻ oldi bukilmasida Rur toshkoʻmir havzasi joylashgan. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar (qoraqayin, qoraqaragʻay, dub) bilan krplangan. Yassi joylarida botqokliklar va yalangliklar uchraydi. Daryo vodiylarida dehqonchilik qilinadi. Tokzorlar bor. Chorva boqiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil