Rezident (lotincha: residens — oʻtiruvchi, joyida qoluvchi) — 1) oʻrta asrlarda muayyan mamlakatda doimiy yashovchi chet ellik diplomatik vakili; 2) mustamlakachi davlatning protektoratdagi vakili; odatda, u ana shu protektoratning hokimi hisoblangan; 3) chet el razvedkasining boshqa biror davlatdagi yashirin vakili; 4) muayyan mamlakatda milliy qonunchilikka toʻla rioya qiluvchi roʻyxatdan oʻtgan yuridik yoxud jismoniy shaxs.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil