Rio Grande (daryo)

(Rio-grandedan yoʻnaltirildi)


Rio Grande, Río Bravo del Norte yoki Río Bravo — AQSH va Meksikadagi daryo. 2000 km masofada, yaʼni El-Paso shahridan to daryo quyilish joyigacha ikki davlat orasidagi chegara vazifasini oʻtaydi. Uzunligi 3,051 km (1896 milya), havzasining maydoni 472,000 km2. Qoyali togʻlardan boshlanib, qurgʻoqchil platolardan, baʼzida tor daralardan oqib borib, Meksika qoʻltigʻiga quyiladi. Oʻrta oqimida oʻrtacha suv sarfi 570 m³/sek, quyilish yerida 15–20 m³/sek. Suvining deyarli hammasi sugʻorishga sarflanadi. Yirik suv omborlari qurilgan. Ayrim qismlarida kema qatnaydi.[2]

Rio Grande daryosi tasviri
Rio Grande
Tavsif
Uzunligi 3 051
Suv sarfi 85[1] m³/s
Joylashuvi
Davlat AQSh va Meksika
Rio Grande (daryo)

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil