Rabindranat Tagor (bengalcha: রবীন্দ্রনাথ ঠাকুর; 1861-yil 7-may, Kalkutta – 1941-yil 7-avgust, Kalkutta) – bengal tilida ijod qilgan romannavis, bastakor, dramaturg, rassom, qissanavis, esseist, vokalist va aktyor. U bengal tilining eng buyuk adabiyot arbobi hisoblanadi.

Robindranat Tagor
Asl ismi bengalcha: রবীন্দ্রনাথ ঠাকুর
Tavalludi 7-may 1861[1][2]
Kalkutta, Britaniya Hindistoni
Vafoti 7-avgust 1941[3][1][2][4]
Kalkutta, Britaniya Hindistoni
Taxallusi ভানুসিংহ ঠাকুর (ভণিতা)
(Vanch Tagor (Vita))
Kasbi Dramaturg, shoir, rassom
Ijod qilgan tillari Bengal tili[1][2]
Fuqaroligi Britaniya Hindistoni[5][6][7][2]
Taʼlimi Kalkutta universiteti
Alma mater London Universiteti
Yoʻnalish Bengal uygʻonish davri
Faoliyat yillari 1875—1941
Janr Esse, novella, roman
Shoh asari Gitanjali (bengalcha: গীতাঞ্জলি, Qurbonlik qo'shiqlari)
Mukofotlari
Nobel mukofoti sovrindori
Nobel mukofoti sovrindori
Imzosi

Taʼlim tahrir

Kalkutta va London universitetlarida oʻqigan (1878—80).

Asarlari tahrir

Angliyada chiqadigan „Gyanankur“ va „Bharati“ jurnalilarida dastlabki sheʼr, doston va makrlalari bosilgan (1875 yildan). Vataniga qaytgach (1880), „Valmika dahosi“ (1881) musiqali dramasini yozgan. Ilk sheʼriy toʻplami – „Oqshom qoʻshiqlari“ (1882) panteistik ruvda. „Tabiat intiqomi“ (1883) pyesasi, „Tonggi qoʻshiqlar“ (1883), „Suratlar va qoʻshiqlar“ (1884) sheʼriy toʻplamlarida pok muhabbat ulugʻlangan. „Bibha sohili“ (1883) va „Donishmand raja“ (1886) tarixiy romanlarida zulm va adolatsizlik qoralangan. T. 1884—1911 yillarda „Brahma Samaj“ diniy-maʼrifiy jamiyatining kotibi vazifasida ishlagan. Hindiston Milliy Kongressining 2-kongressi (1886) ishlarida faol qatnashgan. Uning „Chitra“ (1896), „Lahza“ (1900) sheʼriy toʻplamlari, „Raja va Raniy“ (1889), „Qurbonlik“ (1890), „Chitrangoda“ (1892), „Malini“ (1895) falsafiy dramalari va „Hisoblar“ (1891), „Jazo“ (1893), „Nur va soyalar“ (1894) kabi hikoyalarida hind xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashi tasvirlangan. „Shadhoda“ jurnaliida siyosiy va ijtimoiy maqolalari chop etilgan. Kalkutta yaqinidagi Shantiniketonda maktab ochib, oʻqituvchilik qilgan. 20-yillarda Vishvabgʻarati untiga asos solgan. „Koʻzga tushgan choʻp“ (1902), „Halokat“ (1905) romanlari va „Buzilgan uya“ (1903) qissasi bilan bengal adabiyotida maishiy-psixologik roman janrini boshlab berdi. 1902-yil T.ning xotini, otasi, oʻgʻli olamdan oʻtadi. Uning bu musibat va iztiroblari „Xotira“ (1903), „Farzand“ (1903), „Parom“ (1906) sheʼriy toʻplamlarida aks ettirilgan. „Gora“ romani (1907—10), „Qasos“ (1905) dramasi va „Pochta“ (1912), „Konservatizm qalʼasi“ (1912) pyesalarida T. Hindistondagi barcha millat vakillarini, ular qaysi tabaqa va diniy mazhabdan boʻlishidan qatʼi nazar, ozodlik uchun kurashda yagona ittifoqqa birlashishga daʼvat etadi. Uning „Xalq qalbi“ nomli qoʻshigʻi (1911) Hindiston Respublikasining, vatanparvarlik haqidagi „Mening oltin Bengaliyam“ qoʻshigʻi (1913) esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy gimniga aylangan. „Gitanjali“ („Baxshida qoʻshiqdar“, 1910) sheʼriy toʻplami uchun unga nufuzli mukofot berilgan. „Turnalar parvozi“ (1914—16) sheʼriy turkumi shoirning Gʻarb mamlakatlariga qilgan safari, Birinchi jahon urushi va insoniyat taqsiri haqidagi oʻylarini aks ettirgan. „Toʻrt hayot“ (1916) qissasi, „Xonadon va jahon“ (1915—16) romani milliy ozodlik harakati voqealariga bagʻishlangan.

30-yillarda T.ning siyosiy qarashlari yanada oʻsadi, u oʻz ijodida milliy ozodlik harakatiga eʼtibor qaratadi. Bu davrda „Intiho haqida doston“ (1929), „Toʻrt qism“ (1934) romanlari, „Yaproqlar“ (1936), „Tungi sham“ (1938), „Soʻnggi sheʼrlar“ (1941) sheʼriy toʻplamlari nashr etildi.

 
Robindranat Tagor

T. 30-yillarda badiiy asarlar bilan bir qatorda koʻplab darsliklar, falsafa va din boʻyicha ilmiy risolalar yozdi, milliy ozodlik harakati masalalarini adabiyotda yanada kengroq yoritishga katta eʼtibor berdi, hind sheʼriyatida yangi siyosiy janrni yaratdi („Afrika“, 1936; „Budda ixlosmandlari“, 1937 va boshqalar). T. ijodi, hozirgi bengal adabiy tilining shakllanishida, sheʼriyatning yangi shakl va mazmun bilan boyishida xal qiluvchi rol oʻynagan. U oʻz sheʼrlariga musiqa bastalab, ommaviy qoʻshiqlar yaratgan.

Asarlari jahonning koʻp tillariga tarjima qilingan. T.ning „Halokat“ romani asosida tayyorlangan „Gang daryosining qizi“ dramasi (1956) va „Pochta“ pyesasi (1961) hozirgi Oʻzbek milliy teatrida sahnalashtirilgan. „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi „Gang daryosining qizi“ filmini yaratgan (1961). 8 j.li asarlar toʻplami (1958—65) oʻzbek tilida nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (1913)[8][9][10][11].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 (unspecified title)
  3. // (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. (unspecified title)
  6. (unspecified title)
  7. (unspecified title)
  8. Hoshimov I., Rabindranat Tagor (hayot va ijodiy yoʻli), T., 1961
  9. Koʻzga tushgan choʻp, T., 1973.
  10. Saʼdulla Yoʻldoshev, Ulfatxon Muhibova.
  11. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil