Roger Martin du Gard (1881.23.3, Nyoyi-syur-Sen — 1958.23.8, Bellem) — fransuz yozuvchisi, dramaturg. Dastlabki asari — "Shakllanish"da oʻz tarixi — yozuvchilikka intilib, arzigulik bir nima yozolmagan odam tarixi tasvirlangan. Keyingi "Jan Barua" (1913) romani Martin du Gardga shuhrat keltirgan. Asar oʻsha vaqtlar uchun yangi boʻlgan dialog va tarixiy hujjatlarni chogʻishtirish usulida yozilgan. Eng yirik asari — "Tibo oilasi" (1922—40. 8 j.li) oʻzining tafsilotlari, bosh personajlarining rangbarangligi bilan ajralib turadi. Asar oilaviy solnoma (oila tarixi) tarzida boshlanib, ksy-in 20-asr boshlaridagi Fransiya hayotining keng haqqoniy manzarasi tasvirlangan siyosiy romanga aylanib ketgan. Martin du Gard bu asari bilan oilaviy sol-noma janrini boshlab bergan ("Kulrang daftar", 1922; "Axloq tuzatish koloniyasi", 1922; "Tush payti", 1923; "Shifokorlar kuni", 1928; "Singilcham". 1928; "Otamning oʻlimi", 1929; "1914-yil yozi", 1936; "Xotima", 1940). Martin du Gard 1940-yildan ksyin "Polkovnik Momora" epo-peyasi ustida ishlagai, lekin asar yakunlanmay qolgan. Nobel mukofoti laureati (1937).[3][4]

Roger Martin du Gard
Tavalludi 23-mart 1881[1][2]
Vafoti 22-avgust 1958[1]
Ijod qilgan tillari Fransuz tili[1]
Fuqaroligi Fransiya

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. "Marten dyu Gar Roje" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. Nobel mukofoti