Romain Rolland (1866.29.1, Klamsi — 1944.30.12, Vezle) — fransuz yozuvchisi, musiqashunos, jamoat arbobi. Dastlabki pyesalari Italiyaning Uygʻonish davri tarixiga bagʻishlangan. Lekin ular matbuotda chop etilmagan. Tarixiy mavzudagi "Eʼtiqod fojiasi" nomi bilan umumlashgan 3 pyesasida oʻz vatandoshlarini eʼtiqod, mardlik va ishonchga daʼvat qilgan. R.ning Shekspir ruhida yozgan 2 tarixiy pyesasi (30 yildan soʻng yozgan) uchinchi — "Robespyer" bilan yakun topgan. "Jan-Kristof" (1 — 10 j.lar, 1904—12) romanepopeyasida Betxoven tipidagi daho musiqachining tarixi 20-asr boshlaridagi Yevropa madaniyati inqirozining realistik kartinasi fonida kursatilgan. "Kola Bryunon" qissasi (1914, nashri 1918) markazida erksevar mehnatkash xalq ustasi obrazi turadi. R.ning keyingi ijtimoiy-siyosiy qarashlari "Maftunkor qalb" romanepopeyasi (1—4 j.lar, 1922—33)da aks etgan. L. Betxoven (1903), Mikelanjelo (1907), Lev Tolstoy (1911), Mahatma Gandi (1923) kabi buyuk kishilarning badiiy biografiyasini yozgan. Musikashunoslikka oid asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1915).[5]

Romain Rolland
Tavalludi 29-yanvar 1866[1][2][3]
Vafoti 30-dekabr 1944[4][1][2][3]
Ijod qilgan tillari Fransuz tili[1]
Fuqaroligi Fransiya

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. // (unspecified title)
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil