Roman Osipovich Yakobson [1896. 11(23).10, Moskva 1982, AQSH] - rus va amerika tilshunosi, adabiyotshunos. Moskva (Lazarev) Sharq tillari instituti (1914) va Moskva universiteti (1918)ni tugatgan. 1921-yildan xorijda. Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti professor Moskva, Praga, Nyu-York tilshunoslik toʻgaraklariga, ruschex tilshunosi N.S.Trubetskoy (1890—1938) bilan hamkorlikda strukturalizmga. (qarang Strukturaviy tilshunoslik) asos solgan olimlardan. Asosiy ilmiy asarlari nazariy tilshunoslik, qadimiy slavyan tillari, eng avvalo rus tilini oʻrganishga, sheʼriyatga bagʻishlangan. Ya. ilk slavyan sheʼriyati va eposini, slavyan mifologiyasi va marosimlarini, qadimiy rus adabiyoti asarlari, 19—20-asrlar rus yozuvchidari, shuningdek, Dante, Shekspir, M.Eminesku, B.Brext va boshqalar ijodkorlar tili va uslubini ham oʻrgangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Yakobson Roman Osipovich" OʻzME. Ya-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil