Romb (qadimgi yunoncha: ῥόμβος, lotincha: rombus „doira“) — barcha tomonlari teng boʻlgan to'rtburchak. Burchaklari toʻgʻri burchaklardan iborat boʻlgan romb kvadrat deb ataladi.

Romb (yunoncha: rombos — pirildoq, aylanuvchi) — tomonlari oʻzaro teng boʻlgan yassi toʻrtburchak (rasmga q.). R.ning xossalari: 1) diagonallari oʻzaro perpendikulyar; 2) R.ning diagonallari uning burchaklarini teng ikkiga boʻladi. R.ning diagonallari kesishgan nuqta uning simmetriya markazidir. R.ga ichki aylana chizish mumkin. R.ning yuzi uning diagonallari koʻpaytmasining yarmiga teng. Burchaklaridan biri a boʻlgan R.ning yuzi 5=a2sina. Hamma burchaklari 90° boʻlgan R. kvadratidir.[1]

Asosiy xossalari tahrir

  • Romb parallelogramm hisoblanadi, chunki uning qarama-qarshi tomonlari oʻzaro paralleldir: AV || CD, AD || VS.
  • Romb diagonallari bir birini toʻgʻri burchak hosil qilgan holda kesib oʻtishadi (AC ⊥ BD) va kesib oʻtish nuqtasida teng ikkiga boʻlinishadi.
  • Romb diagonallari uning burchaklarining bissektrisalari hisoblanadi (∠DCA = ∠BCA, ∠ABD = ∠CBD va hokazo)
  • Romb diagonnallarining kvadratlari yigʻindisi toʻrtga koʻpaytirilgan tomonining kvadratiga teng (masalan: AC² + BD² = 4 • AD²).

Asosiy alomatlari tahrir

Parallelogramm ABCD romb hisoblanadi, agarda:

  • uning barcha tomonlari teng boʻlsa: AB = BC = CD = AD
  • uning diagonallari bir birini toʻgʻri burchak hosil qilgan holda kesib oʻtsa

Havolalar tahrir

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil