Rustavi — Gruziyadagi shahar (1948-yildan). Kura daryosi boʻyida. Tbilisi shahridan 27 km jan.sharkda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 162 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). R.da qora va rangli metallurgiya korxonalari, "Azot" va "Ximvolokno" kimyo i.ch. birlashmalari, kransozlik, qurilish va yoʻl mashinalarini taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, metall konstruksiyalar, sement, "Sentrolit" zdlari, uysozlik, temirbeton buyumlar, kurilish materiallari, yogʻochsozlik korxonalari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Bir necha oʻrta maxsus bilim yurti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi, stadion, sport majmui mavjud. R. yonida Tbilisi issiqlik elektr st-yasi bor. Shahar metallurgiya zdi qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Shaharning Kura daryosi chap sohilidagi shemila 13-asrda moʻgʻullar tomonidan vayronaga aylantirilgan qad. shaharning qoldiqlari aniqlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil