Ruta — ikki tomonga ulanuvchi naqsh taqsimp; naqsh mujassamotini oʻrab turadigan hoshiya naqsh. Amaliy bezak sanʼatining deyarli barcha turlari (naqqoshlik, ganch va yogʻoch oʻymakorligi, miskarlik, gilamchilik va h.k.)da keng qoʻllanadi. R.ning kengligi naqsh mujassamotida turlicha boʻlishi mumkin, uning ketmaket hamda toʻnkarma usulda ulanadigan xillari mavjud. Ketmaket ulanuvchi R.lar 1, 2, 3 yoʻnalishli boʻlib, har bir yoʻnalish bittadan chiqish nuqtasiga ega boʻladi. Toʻnkarma R.ning taqsim asosini usta 2 buklangan qogʻozga chizadi, buklangan qogʻozni ochganda toʻnkarma R. axta (ulgi)si hosil boʻladi; unda 1—2, baʼzan 3 chiqish nuqtasi boʻlishi mumkin, bunday R.da 3chiqish nuqtasi (odatda, oʻrtada boʻladi) boʻsh joylarni toʻldirishga xizmat qiladi. 2 chiqish nukali R.larda "aylanma nusxa" deb ataladigan kompozitsiya ham uchraydi (yaʼni 2 nuqtadan chiqqan novdalar halqa hosil qiladi), toʻldiruvchi boʻlaklar ham novdalarning oʻrnashgan joyiga moslab chiziladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil