Ryuji Sato — (yaponcha: 佐藤 隆治), Yaponiyalik futbol hakami, 2009-yildan buyon FIFA hakami.[1] 1977-yil 16-aprelda Yaponiyaning Nagoya shahrida dunyoga kelgan.

Ryuji Sato
佐藤隆治
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ryuji Sato
Tavallud sanasi 16-aprel 1977-yil (1977-04-16) (47 yosh)
Tavallud joyi  [[|]] Yaponiya, Nagoya
Boʻyi 181 sm
Vazni 76

Ryuji Sato ayniqsa JCh-2014 saralash bosqichidan oʻrin olgan Myanma — Ummon bahsining 40-daqiqasida oʻyinni toʻxtatib nom chiqargan. Oʻshanda muxlislar hakam tomon turli idishlarni maydonga uloqtirishgan. Natijada yaponiyalik hakam oʻyinni toʻxtatishga majbur boʻlgan va har ikki jamoaning qistoviga qaramay uchrashuvni davom ettirmagan.

Oʻzbekiston va klublarida hakamlik qilgan oʻyinlari tahrir

Ryuji Sato Oʻzbekiston terma jamoalari va klublari ishtirokidagi bir nechta bahslarni boshqargan. Quyida u hakamlik qilgan oʻyinlarni keltirib oʻtamiz.

  • 2014-yil U-19 Osiyo chempionati. BAA — Oʻzbekiston 2:2
  • 2015-yil OChL. „Lokomotiv“ — „Fulad“ 1:1
  • 2015-yil Oʻrtoqlik uchrashuvi. Janubiy Koreya — Oʻzbekiston 1:1
  • 2016-yil OChL. „Sepaxon“ — „Lokomotiv“ 0:2
  • 2016-yil OChL. „Al Ahli“ — „Nasaf“ 2:1
  • 2016-yil JCh-2018 saralash. Oʻzbekiston — Filippin 1:0
  • 2016-yil JCh-2018 saralash. Oʻzbekiston — Suriya 1:0
  • 2017-yil OChL. „Al Ahli“ — „Bunyodkor“ 2:0
  • 2019-yil OChL. „Al Nasr“ — „Paxtakor“ 1:2
  • 2019-yil OChL. „Al Ahli“ — „Paxtakor“ 2:1[2]
  • 2019-yil 14-noyabr „Oʻzbekiston“„Saudiya Arabistoni“ 2:3[3]

Manbalar tahrir