Said Mahruyjon majmuasi (yoki Said Muhammad Moxiroʻy majmuasi, Sayyid Mohiroʻyi Jahon majmuasi) – Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyatining Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Majmua 1884-yilda Said Muhammad Mahruyjon maqbarasi atrofida barpo etilgan madrasa, qorixona va boshqalardan iborat. Bugungi kunda u „Mevaston“ MFY, Amir Temur koʻchasi, 84-uyda joylashgan.

Madrasa
Said Mahruyjon majmuasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Xorazm
Shahar Xiva
Manzil „Mevaston“ MFY, Amir Temur koʻchasi, 84-uy
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi bilan berilgan
Madrasa turi Kichik
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Said Muhammadxon va Muhammad Rahimxon II
Homiylar Said Muhammadxon va Muhammad Rahimxon II
Asosiy sana:
Maqomi davlat himoyasida
Umumiy maydoni 40,0x53,0 m

Said Mahruyjon majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda davlat mulkiga tegishli va Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi bilan berilgan[2].

Tarixi tahrir

Said Mahruyjon majmuasi „Chodirli eshon“ qabristoni hududida bunyod etilgan. 1884-yilda Said ota qabri ustiga qurilgan maqbara yonida oʻsha davrdagi Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning buyrugʻiga binoan hozirgi koʻrinishdagi majmua qad rostlagan.

Majmua hududidagi 2 ta madrasa, masjid, qorixona hamda maqbara saqlanib qolgan. Madrasalar Said Muhammadxon va Muhammad Rahimxon II tomonidan qurdirilgan. Majmuaga kirish eshigidan oʻng tarafda Said Islomxoʻja maqbarasi joylashgan. Said Mahruyjon madrasa ichidagi kichik gumbazli maqbaraga dafn etilgan, madrasa oldidagi ziyoratxonadan katta gumbazli xonaqohga kirish mumkin. Bu yerda Said Muhammadxon (1821—1864), Muhammad Rahimxon II (1845—1910) va uning nabirasi Temurgʻozi toʻra qabrlari ham joylashgan[3].

Muhammad Yusufbek Bayoniyning „Shajarai Xorazmshohiy“ asarida Said Muhammadxon vafoti toʻgʻrisida toʻxtalib: „Sayid Muhammadxon hazrati qutb avliyo shamsil atqiyo Olavuddin xoʻja eshon alayhi rahmaning javori fayz osorlarida Imorat mavzeida, oʻzlarining qubbai oliylarida madfun boʻldilar“, – deb yozadi[4].

Majmua 2008—2009-yillarda mukammal tarzda qayta taʼmirlangan va xonlik davrida rejalashtirilib, amalga oshirilmay qolgan koshinlar bilan bezatish ishlari ham yakuniga yetkazib qoʻyilgan[5].

Qurilish uslubi tahrir

Said Mahruyjon madrasasi 40,0x53,0 m maydonga ega boʻlib, gʻarbdan 2 ta kichik madrasa (kichik Mahruyjon), qorixona va kichik Mahruyjon maqbarasi (11,0x14,1 m)ga tutash. Katta hovliga janubdan 3 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Madrasa burchaklaridagi anʼanaviy darsxona va masjid oʻrniga hujra hamda qoʻshimcha xonalar joylashgan. Hujralar oldi ravoqli. Madrasaning shimolida hovli ichkarisiga Said Mahruyjon maqbarasi qurilgan. Undagi Muhammad Rahim II va Temurgʻozi toʻra sagʻanalarini usta B. Voisov koshin bilan serhasham qilib bezagan. Majmuaning janubi-sharqida, ichki hovli atrofida olti gumbazli masjid, darvozaxona, ziyoratxona, maqbara va hujralar joylashgan. Masjid va maqbara (36,0x35,0 m) chorsi gumbazli, hujralar balxi gumbazli. Majmuaning gʻarbida 2 ta katta va 3 ta kichik xonalar mavjud[6].

Manbalar tahrir