Salimxon Tillaxonov (1898, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — pedagog, Oʻzbekistonda milliy istiqlol harakati namoyandalaridan biri, "Milliy ittihod" tashkiloti Sirdaryo viloyati rahbarlaridan. 1914—16 yillarda boshlangʻich maktablarda oʻqituvchi, "Turon" truppasida aktyor. 1916—17 yillarda Boku pedagogika institutida oʻqigan. Toshkent eski shahar maorif boʻlimi mudiri. Maorif instituti direktori, "Nashri maorif" uyushmasi muassislaridan biri (1923). S. Oʻrta Osiyo untida ham oʻqigan va oʻqituvchilik qilgan (1924—25). Toshkent okrug moliya kursini tashkil etib, unga rahbarlik qilgan (1925—29). "Moliya fani asoslari" asarini yozgan. 1929-yil noyabrda Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) tomonidan qamoqqa olinib, keyin otib tashlangan. 1989-yil oklangan.

Adabiyot tahrir

  • Abdurashidxonov M., Tanlangan asarlar, T., 2003.