Salvador Vilar Braamcamp Sobral — Portugalia qoʻshiqchisi, Eurovision 2017da «Amar pelos dois» qoʻshigʻi bilan gʻalaba qozongan. Uning qoshiqlari asosan Jaz, Alternativ rok va Soul janrlarida ijro etiladi.

Salvador Sobral
Salvador Sobral
Salvador Sobral Eurovision 2017 qizil yoʻlkasida
Tavalludi
Salvador Vilar Braamcamp Sobral

28-dekabr 1989
Fuqaroligi Portugaliya
Otasi Salvador Luís Cabral Braamcamp Sobral
Onasi Luísa Maria Cabral Posser Vilar

Yoshligi va erishilgan mavqesi tahrir

 
Eurovision 2017da berilgan teletomoshabinlar ovozi
 
Eurovision 2017da berilgan hayʼatlar ovozi

28-dekabr 1989-yili Lissabon shahrida tugʻilgan. Uning bolaligi AQSh va Barselona shahrida boʻlib oʻtgan. Uning otasi Salvador Luís Cabral Braamcamp Sobral va onasi Luísa Maria Cabral Posser Vilar[1].

10-yoshligida Bravo Bravíssimo telekoʻrsatuvida ishtirok etgan[2].

2009 yili Salvador Pop Idol teleshousida ishirokchisi boʻldi va u 7 oʻrinni oldi. Uning opasi Luiza Sobral shu tanlovda 3-oʻrinni oldi[3].

Lissabon amaliy psixologiya oliy oʻquv yurtini psixologiya fakultetini oʻrgangan. Oʻqish paytida Ispaniyaga, Mayorka shahriga koʻchib oʻtgan. U shu yerlarda mayxonalarda qoshiq kuylab yurgan. Lissabon oliy oʻquv yurtini tamomlab, u Barselonadagi Taller of Musics nufuzli musiqa maktabiga kirgan [4].

2016 yili Salvador oʻzining birinchi «Excuse me» musiqiy albomini eʼlon qildi[5].

2017 yili Portugaliya bir yillik tanafusdan soʻng Eurovisionga qaytdi. Salvador Sobral esa Festival da Canção 2017 tanlovida tanlash bilan Portugaliyani namoyish etadigan boʻldi. U «Amar pelos dois» etadigan boʻldi[6]. 5-mart kuni u tanlovda gʻalaba qozondi, 13-mayda esa Kievda boʻlib oʻtgan Eurovision 2017 tanlovida gʻalaba qozondi va u 758 ball toʻplab Eurovision tarixida yangi rekord qoydi

Salvador Eurovisioning koʻp marosimlarida ishtirok etolmadi, bunga sabab uning yurak poroklari kasaligidir. Uning oʻrniga opasi Luiza Sobral repetitsiyalarda qatnashdi.

Manbalar tahrir

Mukofot va yutuqlari
Avvalgi gʻolib:
  Jamala
«1944 qoʻshigʻi» bilan
 

Eurovision qʻoshiq tanlovining gʻolibi

2017

Keyingi gʻolib:
  Netta
«Toy qoʻshigʻi» bilan