Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti

Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti[2], Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti — meʼmorlik va kurilish sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurti. 1966-yil Samarqand shahrida tashkil topgan.

samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti[1]
Vebsayti  samdaqu.edu.uz

Koordinatalari: 39°37′55.260406871024″N 66°56′26.129125796134″E / 39.63201677968639558°N 66.94059142383225947°E / 39.63201677968639558; 66.94059142383225947 G O

Institut bakalavriaturasining kunduzgi va sirtqi boʻlimlarida 14 yoʻnalishda 2200 dan ortiq talaba taʼlim oladi, 8 yoʻnalish magistratura, 10 ixtisoslik boʻyicha aspirantura va 3 yoʻnalish boʻyicha doktorantura faoliyat koʻrsatadi. Institutda 6 ta ft, 33 ta kafedrada 274 professor oʻqituvchi (jumladan, 1 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akad., 1 Badiiyot akadimyasi akademigi, 21 fan doktori va professor, 137 fan nomzodi va dotsent) ishlaydi (2004). Institutda, shuningdek, malaka oshirish fakulteti, "Biznes inkubator", "Mintaqaviy iqtisodiy taʼlim markazi", "Biznes — institutellekt" xalqaro biznes maktabi, litsey instituternata, texnik litsey, masofaviy oʻqitish va kompyuter texnologiyalari markazi, loyihalash tadqiqot ustaxonasi, Talabalar konstruktorlik byurosi, Kurilish materiallari va konstruksiyalarining mustahkamligini aniklovchi sinov markazi, 3 ta ilmiy laboratoriya, tadqiqotlar poligoni, kutubxonasi, sport zali, suzish havzasi va boshqa bor. "Meʼmorlik va kurilish muammolari" ilmiytexnik jurnal (2000-yildan) va "Binokor" koʻp tirajli gaz. (1998-yildan) nashr etiladi. Institut faoliyati A. Oqilov, E. Aliqulov, I. Jumayev, T. Shirinqulov, T. Xolmatov, 3. Yusupov, N. Shodiyev kabi olimlar nomlari bilan bogʻliq. Institut binosi tarhi 110x14 m, 8 qavatli, assimetrik mujassamotga ega. Bosh oʻquv korpusi institut qoshidagi loyiha eksperimental ustaxonasi(1972-yilda tashkil boʻlgan)da loyihalashtirilgan (1984, meʼmori O. Ibrohimov, Yu. Zokirova). Koshin, gʻozgʻon marmari va tabiiy toshlar, shuningdek, quyosh nuridan saqlovchi moslamalar b~n jihozlangan. Hududida Ulugʻbek haykali oʻrnatilgan (1968).[3]

Manbalar tahrir

  1. Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti samdaqu.edu.uz checked 15 March 2024
  2. Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti checked 15 March 2024
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil