Sapar Isoqov

Qirg'iziston siyosatchisi

Sapar Jumaqodirovich Isoqov (qirgʻizcha: Сапар Жумакадырович Исаков; 29-iyul 1977-yil, Bishkek) – Qirgʻiziston davlat arbobi, 25-avgust 2017-yildan Bosh vazir[1][2][3][4][5]

Sapar Jumaqodirovich Isoqov
ruscha: Сапар Джумакадырович Исаков
 Qirgʻiziston Bosh vaziri
Mansab davri
2017-yil 25-avgustdan – 2018-yil 19-aprelgacha
Prezident Almazbek Atambayev
Soʻronboy Jeenbekov
Oʻtmishdoshi Soʻronboy Jeenbekov
Muhammadqaliy Abulgʻoziyev (v.b.)
Vorisi Muhammadqaliy Abulgʻoziyev
 Prezident devoni mudiri
Mansab davri
2017-yil 1-martdan – 25-avgustgacha
Oʻtmishdoshi Farid Niyozov
Vorisi Almazbek Usenov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-iyul 1977-yil (1977-07-29) (46 yosh)
Bishkek
Mukofotlari

Biografiya tahrir

Otasi – Jumakadir Isakov uzoq yillar turli partiya lavozimlarida ishlagan. 2005-yildan nafaqada.

Onasi Nurgul Sagandikovna Omarbayeva maktabda ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Hozirda nafaqada.

1999-yilda Sapar Qirgʻiziston xalqaro davlat universitetini „Xalqaro huquq“ mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.

1999-2003 yillari Qirgʻiziston Xalqaro Universiteti oʻqituvchisi.

2003-yildan Qirgʻiziston Respublikasi diplomatik xizmatida.

2003-2007 – Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Ikki tomonlama hamkorlik boʻlimida 3-kotibi, 2-kotib va boʻlim boshligʻi.

2007-2007 – Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi.

2007-2009 – Qirgʻiz Respublikasi Hukumati tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi.

2009-2010 – rivojlantirish, investitsiyalar va innovatsiyalar boʻyicha Qirgʻiziston Respublikasi Markaziy Agentligi aloqa xizmati rahbari.

2010-2010 – Qirgʻiziston Respublikasi Vaqtinchalik Hukumat tashqi siyosat boʻlimi rahbari.

2010-2012 – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni tashqi siyosat boʻlimi rahbari.

2012-2017 – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni mudirining birinchi oʻrinbosari – tashqi siyosat boʻlimi mudiri.

2017-2017 – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni mudiri.

2017-2018 – Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri.

2018-yil 19-aprelda mamlakat parlamenti Isoqov hukumatiga ishonchsizlik votumi eʼlon qildi va Isoqovni isteʼfoga chiqarib yubordi[6]

2018-yil 5-mayda korrupsiyada ayblanib, hibsga olingan[7]. 2019-yil 6-dekabrda moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan[8]

Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik martabasiga ega boʻlgan (2010-2019).

2020-yil 6-oktyabrda Qirgʻizistonda ommaviy norozilik namoyishlari boshlanganidan soʻng Sapar Isaqov sobiq prezident Atambayev va boshqa bir qator sudlangan siyosatchilar bilan birga Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining tergov izolyatoridan ozod qilindi. Shundan keyin gʻoyib boʻlgan va qidiruvga berilgan.

Uylangan, toʻrt qiz va ikki oʻgʻilning otasi.

Manbalar tahrir