Saprotroflar (yun. sapros chirigan va ...trof) — oʻsimliklarning organik qoldigʻi, hayvonlar murdasi va axlati bilan oziqlanadigan organizmlar S. organik moddalarni minerallashtirishi tufayli tabiatda moddalar aylanishi jarayonida muhim ahamiyatga ega. S.ga bakteriyalar va zamburugʻlar bilan birga saprofitlar — ayrim suvoʻtlar, yuksak oʻsimliklar kiradi. S. hayvonlar — saprofaglarga yomgʻir chuvalchanglari, tuproq va suvda yashovchi koʻpchilik nematodalar va bir hujayralilar, ayrim hasharotlar (oʻlimtikxoʻr qoʻngʻizlar, goʻngxoʻrlar, ikkiqanotlilar qurtlari), qisqichbaqasimonlardan, asosan, yonlab suzarlar, daryo qisqichbaqalari, sut emizuvchilar (giyena va boshqalar), qushlar ( qargʻalar, quzgʻunlar), fakultativ S.ga koʻpchilik yirtqich va hammaxoʻr hayvonlar kiradi. Suv S.i suvning biologik tozalanishida ishtirok etadi. Tuproq S.i tuproq hosil boʻlishida qatnashib, tuproq hosildorligini oshirishga yordam beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil