Saratov universiteti, N. G. Chernishevskiy nomidagi Saratov universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Rossiyadagi qadimgi universitetlardan biri. 1909-yil Saratov shahrida tashkil etilgan. 1921-yil N.G. Chernishevskiy nomi berilgan. Geol., fizika, mat., kimyo, biol., tarix, filol. va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir qancha ilmiy tadqiqotlar instituti, ilmiy kutubxonasi (2,5 mln.dan ortiq asar) bor. 10 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil