Sarsinalar (lot. sarcina — bogʻlam, oʻram, toy) — sharsimon bakteriyalar; boʻlinishdan keyin ajralib ketmasdan qopchiq shakldagi toʻplam hosil qiladi. S. toʻplamiga 8 tadan 64 tagacha va undan ham koʻproq xujayralar kiradi. Harakatsiz. Har xil sistematik guruhga mansub bakteriyalar orasida uchraydi. Shuningdek, Sarcina turkumiga mansub grammusbat anaerob bakteriyalar ham mavjud. S. uglevodlarni bijgʻitadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil