Sati — hindlarning xurofiy odati. Unga koʻra, beva ayollar vafot etgan eri bilan birga oʻtda kuydirilgan. J. Neru yozishicha, bu odat qad. skif qabilalarida urf boʻlgan. Qad. sanskrit qonunlari S.ni rasman qoralagan. Akbar uni man etishga astoydil harakat qilgan. Hind maʼrifatchisi va faylasufi Ram Moxan Roy (1772—1833) va Bengaliya jamoat arbobi Dvarxant Tagor S.ni qonun yoʻli bilan bekor qilishga erishdilar (1829). Hindiston Respublikasining konstitutsiyasiga binoan, eski qad. xurofotlar qatorida S odati ham mutlaqo qonunga zid deb eʼlon qilingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil