Tursunmuhamedov Sattor Pozilhaqovich (1929.11.1, Turkiston shahri – 21.07.2020) — faylasuf olim. Oʻzbekiston fanlar akademiyasida akademik (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), falsafa fanlari doktori (1970), professor (1972). Toshkent moliya-iqtisod institutida oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri (1955-76). Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi Oliy oʻquv yurtlari ijtimoiy fanlar oʻqituvchilari malakasini oshirish instituti direktori (1976—79), 1985—93 yillarda shu institutda ijtimoiy-siyosiy munosabatlar kafedrasining mudiri. Toshkent pedagogika instituti rektori (1979—83), 1983—85 yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi institutida falsafa kafedrasining mudiri. Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi Oliy pedagogika instituti direktori (1993). 1995-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik kafedrasi professori. Ilmiy ishlari sanoat va qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, mulkdorlar sinfining shakllanishi, ijtimoiy falsafa, siyosatshunoslik sohalariga bagʻishlangan.[1]

Sattor Pozilhaqovich Tursunmuhamedov
Tavalludi 11-yanvar 1929-yil
Vafoti 21-iyul 2020-yil(2020-07-21)
(91 yoshda)
Toshkent

Manbalar tahrir

  1. „Sattor Tursunmuhamedov“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil