Saudiylar — 1) Saudiya Arabistonidagi hukmdor sulola; asoschisi — Muhammad ibn Saud. 1927-yilgacha S. — Najd amirlari; 1927—32 yillarda — Hijoz va Najd hamda ularga qoʻshilgan viloyatlar qirollari; 1932-yildanSaudiya Arabistoni qirollari (podsholari);

2) Saudiya Arabistoni arablari — xalq, Saudiya Arabistonining asosiy aholisi (13,25 mln. kishi, 1990y.lar oʻrtalari). Shuningdek, Quvaytda (50 ming kishi) ham yashaydilar. Arab tilida soʻzlashadi. Dindorlari — musulmonlar (sunniylar va shialar).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil