Savagʻich, savachoʻp (Erianthus puprpurascens) — bugʻdoydoshlar oilasiga mansub qisqa ildiz poyali oʻt. Poyasi qattiq, silliq, boʻyi 1,5—4 m, diametri 1—1,3 sm. Dare va kanal boʻylarida, toʻqaylarda oʻsib, qalin oʻtzor hosil qiladi. Oʻrta Osiyo, Kichik Osiyo, Eron va Hindistonda tarqalgan. Tarkibida 21—22% kletchatka, 5,5—6% protein, 1,8—2% yogʻ, 39—40% dan koʻproq sellyuloza bor. Poyasidan mahalliy xalq tomlarni yopish va devor qilish maqsadida foydalanadi. Barglaridan tozalangan, pishgan va quruq poyasidan yung va paxtani savashda foydalanish mumkin (nomi shundan olingan). [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil