SAVAR (Savart) Feliks (1791.30.6, Mezyer — 1841.16.3, Parij) — fransuz fizigi, Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1827-yildan). Maʼlumoti boʻyicha vrach. Parijdagi xususiy oʻquv yurtida fizika boʻyicha professor (1820-yildan). Ilmiy ishlari akustika, elektromagnetizm va optikagaoid. 1820-yilda J.B.£io bilan birga tok hosil qilayetgan magnit maydoni kuchlanganligini aniqlaydigan qonun (P.Laplas keyinchalik uni umumlashtirgan, q. Bio— Savar — Laplas qonuni) ni topdi. Turli jismlarda tovushning tarqalishini va rezonans hodisasini tajribada oʻrgangan, torli asboblarni yasashning asosini ishlab chiqqan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil