Savatchilik — badiiy hunarmandlik turi; Oʻrta Osiyoda qadimdan mavjud boʻlgan. Savat toʻqishda xom ashyo sifatida tol, tut, turangʻil, yulgʻun novdalari, bugʻdoy poyasi, qamish va boshqalardan foydalaniladi. Novdalarni maʼlum vaqt (sent.—okt.)da yigʻib olinadi, bir necha kun salqin joyda saqlanadi, mustahkamligini oshirish uchun vaqt-vaqti bilan suv sepib turiladi, shunda ular yaxshi bukilib, sinmaydigan boʻladi. Ayniqsa, qora tol novdasidan toʻqilgan savatlar qadrlangan. Baʼzan novdalarning pusti tozalanib ham savat toʻqiladi. S. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari (jumladan, Fargʻona, Toshkent va boshqalar)da tapqalgan. S. boʻyicha mutaxassislar ustashogird usulida, hozirgi kunda turli badiiy bilim yurti, toʻgaraklarda ham tayyorlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil