Savob (arab. — yaxshilik, ezgulik, ajr) — diniy eʼtiqodga koʻra, xudoning marhamatiga loyiq ish va shunday ish uchun xudoning marhamati. Insonning xatti-harakati va faoliyati yaxshilik va yomonlikdan iborat boʻlib, bu islomda S. va gunoh deb ataladi. Islomga koʻra, diniy koʻrsatmalarni bajarish, inson manfaati yoʻlida faoliyat koʻrsatish kabilar S. hisoblanib, insonning ish kitobi (nomai aʼmoli)ga farishta vositasi bilan yozib boriladi. Oxiratda insonlarning S. va gunohlari tarozuda tortilib, natijalar Allohning hukmiga havola etiladi. Lekin, hadisi sharifda taʼkidlanishicha, insonning har qancha S. ishlari jannatga kirishga yetarli boʻla olmaydi. Unga kirish Alloxning fazli, marhamati va ehsoni hisoblanadi. Alloh koʻp S.li ishlar qilgan bandalarning jannatdagi darajalarini baland qiladi. S. soʻzi barcha yaxshi va ezgu ishlarga nisbatan ham ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil