Abdullayev Saydullo Parxodbekovich (1965-yil 17-mart, Namangan) — Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori (2005—2018), MDH Banklar uyushmasi kengash aʼzosi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori (2007—2017)[1].

Abdullaеv Saydullо Parxоdbеkоvich
Абдуллаев Сайдулло Парходбекович
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori
Mansab davri
2005-yil – 2018-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Toʻlqin Jabborov
Vorisi Baxtiyor Hamidov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-mart 1965-yil (1965-03-17) (59 yosh)
Namangan
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi tahrir

1982—1983-yillarda Namangan shahar Xalq sudida sud majlisining kotibi vazifasida ishlagan.

1983—1985-yillar armiya safida xizmat qilgan.

1986-yilda Tver davlat universitetining iqtisodiyot fakultetiga oʻqishga kirgan va 1991-yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan.

1991—1992-yillarda Namangan vilоyati istiqbolni belgilash va statistika Bosh boshqarmasi Reja komissiyasi mutaxassisi,

1992—1993-yillarda Namangan viloyat hokimi huzuridagi istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasida mutaxassis, boʻlim boshligʻi vazifalarida ishlagan.

1993-yilning aprel oyidan 1994-yilning sentyabr oyigacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Namangan viloyat boʻlimi boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

1994-yil sentyabr oyidan Aksiyadorlik tijorat banki „Gʻallabank“ Namangan viloyat filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

1996-yil oktyabrdan 1997-yil dekabr oyigacha Bank-mоliya akadеmiyasida tahsil olgan.

1997-yildan 1998-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatli qogʻozlar departamenti direktori,

1998—2000-yillarda Iqtisodiy tahlil departamenti direktori,

2000—2002-yillarda Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

2002-yildan 2005-yilga qadar Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori oʻrinbosari, Bosh direktor vazifasini bajaruvchi.

2005-yildan 2018-yilgacha Bosh direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda[2].

2007-yildan 2017-yilgacha shuningdek, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori.

2018-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat sugʻurta nazorati inspeksiyasi direktori[3].

Manbalar tahrir

  1. arxiv nusxasi, 29–avgust 2017–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 29–avgust 2017–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. Banklar assotsiatsiyasi[sayt ishlamaydi]
  3. „Сайдулло Абдуллаев возглавил Госстрахнадзор Узбекистана“.