Sayra (lotincha: Cololabis saira) — sargansimonlar turkumiga mansub tuda boʻlib yashovchi dengiz baligʻi. Uzunligi 36 sm gacha, vazni 200 g gacha, Tinch okeanning shimoliy kismi va Yapon dengizida tarkalgan. 5—6-yil yashaydi; 3—4 yoshida voyaga yetadi. Yanvar — iyun oylarida Yapon dengizi jan. qismiga 9—23 ming uvildiriq tashlaydi. Uvildiriklari yopishqoq iplar yordamida suv oʻtlariga ilashib qoladi. Plankton bilan oziqlanadi. Ovlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil