Sayyod (arab. ovchi), sayotli —turkiy urugʻlardan biri. Kenagas va mangʻit qabilasi tarkibida ham S. nomli urugʻ uchraydi. S.lar Amudaryo boʻylarida, Chorjoʻy sh. jan.sharqidagi Sayyot qishlogʻida istiqomat qilganlar. 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida oʻzbeklar tarkibidagi S. Urugʻ-qabilalari 1200 ga yaqin kishini tashkil etgan. Xorazmda (450 kishi), Qoraqalpogʻistonda (300 kishi), Zarafshon daryosining quyi oqimlarida — Buxoro va Qorakoʻl vohasida 350 kishi va ozroq qismi esa yuqori Qashqadaryoda (100 ga yaqin kishi) yashagan. S.lar oʻzbek, turkman, tojik xalqi tarkibiga batamom singib ketgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil