Sayyoh, Abdurahmon Sayyoh ibn Hoji Muhammad Sodiqov (1879, Toshkent — 1918, Qoʻqon) — maʼrifatparvar, noshir. Arabiston, Turkiya, Hindiston, Afgʻoniston, Yaponiya mamlakatlariga sayohat qilgani uchun oʻziga "Sayyoh" taxallusini olgan. Oʻn yoshida ota-onasi, aka-singlisi bilan Makkaga ketadi, oʻsha yerda oila aʼzolarining barchasidan ayriladi. Keyinchalik Hindistonning Rajpur shahriga kelib, 5—6 y. madrasada tahsil oladi. 1906-yilda zargarlik buyumlari bilan savdo qilib, Pekin (Xitoy)ga boradi. Xitoydan Manjuriya orqali Buxoroga kelmoqchi boʻladi. Ammo Rossiya va Yaponiya oʻrtasida urush borayotgani sababli Yaponiya hukumati uni Mukden shahrida hibsga oladi va PortArtur shahrida saqlaydi. Urush tugagach, Gonkong orqali Hindistonning Kalkutta shahriga yuboriladi. U Bombey shahriga kelib, Rossiya bosh konsuliga murojaat qiladi. Hind, xitoy, arab, fors, turk tillarini bilgani uchun 1907-yil konsulxonaga ishgaolinadi. 1908-yilda Toshkentga qaytib keladi va Turkiston harbiy okrugi shtabida ishlaydi. Shu orada Munavvarqori Abdurashidxonov bilan tanishadi. 1915—18 yillarda "Alisloh" jur.ga muharrirlik qiladi. 1912—13 yillarda noshir va muallif sifatida islom odobaxloqi, muqaddas shaharlar tarixi, shuningdek, kezib chiqqan mamlakatlari haqida koʻplab "Sayohatnomalar" chop ettirgan. Ad: Tarixi izolatal gʻayn anqissayi Zulqarnayn, T., 1913.

Sirojiddin Ahmedov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil