Sebu — Filippindagi shahar. Sebu provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 662 ming kishi (2000), Sebu o.ning sharqiy qismidagi port. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning Maniladan keyin 2oʻrindagi iktisodiy va madaniy markazi. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdotaqsimot markazi. Neftni qayta ishlash, oziq-ovqat (shakarqand, yogʻmoy) sanoati korxonalari; universitet bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 16— 17-asrlarda qurilgan fort, cherkov va boshqa saqlangan. Shahar yaqinida mis koni bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil